Alisher Uzoqov yangi filmda!
2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi tomonidan «Yilning eng yaxshi aktyori» nomiga sazovor bo'lgan Alisher Uzoqov hozirda bir nechta yangi suratga olinayotgan kinofilmlarda suratga tushmoqda…
Jumladan, Alisher Uzoqov BVS studiyasi tomonidan suratga olinayotgan «Men talabaman» va «Ishonch» deb nomlangan kinofilmlarda rol ijro etishni rejalashtirgan. Ushbu filmlarning suratga olish ishlari aprel oyida Jizzah shahrida boshlanadi. Shuningdek, o'tgan yili yodingizda bo'lsa, Alisher Uzoqov o'zini qo'shiqchilik borasida ham sinab ko'rgan edi. Uning ikkinchi qo'shig'i ham deyarli tayyor. Darvoqe, Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Boshi qorong'u» kartinasining soundtrekni ham Alisherning o'zi kuylagan. Ushbu kartinada Alisher yangi uylangan yigit rolini talqin qilgan.