Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 May, 2011

Akbar Bekturdievdan «Salom sevgi!»

Akbar BekturdievYosh iqtidorli kinorejissor Akbar Bekturdiev «Salom sevgi!» deb nomlangan yangi film ustida ish boshlash arafasida. Hozirda Akbar mazkur kartinani suratga olish uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Akbar Bekturdiev ijodiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning «Jazo», «Muhabbatnoma» va «Hafvli sarguzasht» nomli filmlarini alohida yodga olib o'tish lozim. «Salom sevgi!» kinokartinasi avvalgi filmlar ichida mavzu jihatidan «Muhabbatnoma» filmiga yaqinroq bo'lsa ajab emas. Zero, film janri melodrama. Ushbu filmda kimlar bosh qahramon rollarini talqin etishlari hozircha ma'lum qilinmadi. Aslida ushbu kinokartina «Salom sevgi, hayr sevgi!» deb nomlanishi lozim edi. Biroq, hind kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Salom shodlik, salom g'am» kartinasi nomiga yaqinroq bo'lib qolishi inobatga olingan holda «Salom sevgi!» deb nomlanadigan bo'ldi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 96 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *