Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Fev, 2008

«Afsus…» — biz kinosinovdan o’ta olmadik?!

Afsus...«Afsus» kinokartinasi haqida siz azizlarga bir qator ma’lumotlarni yetkazib kelyapmiz. Biroq, undagi bosh rollarni kimlar ijro etganligiga esa hozirgacha chuqur yondoshmagan edik. Menimcha, vaqt keldi!!!

Mazkur kartinaning ham suratga olish ishlari boshlanishidan avval bosh rollar uchun kinosinovlar bo’lib o’tdi. Biroq, undan o’ta olgan aktyorlargina «afsus»lanmaydilar!!! Kinosinovga taklif etilgan juda ham ko’plab yosh aktyor va aktrisalarimiz orasida Akbar Atamuhammedov ham bor edi. Boshqa da’vogarlardan ko’ra rejissorga ko’proq Akbar ma’qul keldi. Bosh qahramon qiz obraziga da’vogar aktrisalar soni esa 70dan oshiq edi. Baxtga qarshi ulardan hech birlari kinosinovdan o’ta olmadilar. Shu sababli bosh qahramon qiz obrazi uchun yanada kengroq qamrovda tanlov e’lon qilindi. Oradan bir oy o’tdi… Ammo, hali hanuz aktrisa topilgani yo’q. Prodyuserlar tomonidan rejissorga talab qo’yildi 3 kun muhlat ichida birorta aktrisa topilmasa birinchi tanlovda ishtirok etgan 70 nafar qizdan birini tanlash talabi. Oradan ikki kun o’tgach film rejissori Ravshan Norboev qo’liga Oydin Yusupovaning eski bir fotosurati tushib qoladi. Ko’pchilik bu fotosuratni ko’rib, Oydinning bir necha yil avvalgi fotosurati bo’lganligi uchun, hozirgi holatini bilmaymiz va bu aktrisa bizga to’g'ri kelmaydi, degan fikrni bildirdi. Lekin, rejissor o’z tanishlari orqali Oydinning telefon raqamini topadi va uni studiyaga taklif qiladi. Oydin Yusupova studiyaga tashrif buyurgan kun esa muhlatning 3-kuni edi. Rejissor Oydinni ko’rdi-yu, aktrisalik uchun sinovlar yakuniga yetganini ijodiy guruhga ma’lum qildi.
Filmda shuningdek, Baxtiyor Qosimov, Gulchehra Ibrohimbekova, O’zbekiston Xalq artisti Aziza Begmatova ham ishtirok etgan.

Afsus...

Afsus...

Afsus...

Afsus...


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *