Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 May, 2008

Adiz Rajabovni rus qiz sevib qoldi!!!

Adiz RajabovTaniqli yosh kinoaktyor Adiz Rajabovni rus qizi sevib qolganini tasavvur qila olasizmi? Endi nafaqat ko’z oldingizga keltirishingiz, balki bunga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oddiy! Buning uchun yana ozgina sabr qilishingizga to’g'ri keladi xolos.Gap shundaki, kinorejissor Bahrom Yoqubov yangi kinokartina ustida ish boshladi. Film «Super kelinchak» deb nom oldi. Qiziq-a? Film mazmuni va mohiyati qanday ekan deb qiziqishingiz tabiiy. Uzoq kuttirmaymiz, bu safar. Hoziroq barchasini oshkor etamiz. Demak, «Super kelinchak» filmi ssenariysi melodrama-komediya janrida yozilgan. Tasavvur qiling rus qiz o’zbek yigitini sevib qoladi va sevgi-muhabbati oldida barcha to’siqlarni yengib o’tishga tayyor. Bu to’siq hatto o’zbek urf-odatlarini o’rganish, ro’mol o’rash, o’zbek tilida so’zlashish bo’lsa ham!!! Qiziq-a? Bu hali hammasi emas. Bu kelinchak hattoki, ba’zi bir o’zbek qizlariga o’rnak bo’ladigan darajada o’zbek urf-odatlarini o’rganadi va amal qiladi. Qolganini ozgina sir saqlay qolamiz. Zero, hali bu film haqida juda ham ko’p va ho’p gapiramiz.
«Super kelinchak» filmidagi bosh rollarni Adiz Rajabov, Diana Yagafarova, Murod Rajabov, Saida Rametova, Nozim To’laxo’jaev va yana bir qator taniqli aktyolar talqin etishadi. Filmning suratga olish ishlari 12 maydan e’tiboran boshlanadi. Film prem’erasi esa shu yilning 1 sentyabriga mo’ljallangan. Film uchun maxsus saundtrekni qoyilmaqom qilib, xushovoz xonanda Ziyoda ijro etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 306 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *