Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Fev, 2010

«Ada emas, DADA!» filmini qachon ko'ramiz?

Ada emas, DADA!Taniqli so'z ustasi, 2004 yil «Kinoshok» festivalida yilning eng yaxshi aktyori deb topilgan Obid Asomov boshchilik qilgan «Ada emas, DADA!» filmi katta ekran yuzini ko'rishiga oz qoldi. Filmning kichik prem'erasi esa bo'lib o'tdi.

16 fevral kuni Kinochilar uyida jurnalistlar uchun «Ada emas, DADA!» filmining namoyishi bo'lib o'tdi. Unda film ijodkorlari, OAV hodimlari hamda bir qator tomoshabinlar mehmon bo'ldilar. Filmning ilk namoyishi juda katta olqishlar bilan qarshi olinganini o'zi birinchi yutuq bo'lsa, ajab emas. Bugungi kunda chiqayotgan mantiqsiz kinokartinalardan ancha yiroq, «yemagan» kadrlarni umuman ko'rmaysiz, deb aytsak ham mubolag'a bo'lmasa kerak. 26 fevraldan e'tiboran keng namoyishi boshlanadigan mazkur kartina barchaga birdek yoqishiga umid qilamiz. Filmga oid eng qaynoq eksklyuziv xabarlarni yaqin kunlarda tortiq etamiz.

Ada emas, DADA!

Ada emas, DADA!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *