Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«9- raqamli bemor» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!
29 Mart, 2016

«9- raqamli bemor» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!

9-bemor prem'eraBugun soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda kinorejissor Durdona To’laganova tomonidan suratga olingan yangi filmning prem’erasi bo’lib o’tdi. «9- raqamli bemor» deb nomlangan mazkur film kinotomoshabinni chalg’itibgina qolmay, ko’plab savollarga ham ko’mib tashlaydi.

«9- raqamli bemor» filmini oxirigacha ko’rishni tavsiya qilamiz. Zero, filmning asl mohiyati, mazmuni film so’ngiga yaqin ochiladi. Bu filmni oldindan «fol ochib» aytib o’tira olmaysiz. Afsuski, so’nggi paytlarda suratga olingan aksari filmlarda mana shunday oldindan nima bo’lishini bilib olish qiyin emas. «9- raqamli bemor» filmida bosh rollarda Feruza Normatova va Ali Otajonovlarni ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, filmda Barno Qodirova, Zuhra Solieva, Sarvar Isaev, Anjelika Esimbetova va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Ertadan ushbu filmni katta ekranlarda tomosha qilishingiz mumkin. Imkon topib, albatta mazkur kinokartinani tomosha qilish uchun kinoteatrga tashrif buyurishni tavsiya etamiz.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 165 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *