Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«7 olam» filmi dublyajda!!!
5 Apr, 2015

«7 olam» filmi dublyajda!!!

7 olam dublyajKinorejissor Ozod Shams tomonidan «7 olam» nomli yangi kinokartina suratga olinganligi haqida sizlarga avval ham xabar bergan edik. Mana bugun esa mazkur film dublyaj jarayonida. Bu film tez kunlarda ekran yuzini ko’radi, degani! Umid qilamizki, kartina biz kutgandanda yaxshiroq chiqadi.

Ozod Shamsning «7 olam» kinokartinasida Zarina Nizomiddinova hamda Alisher Usmonovlar ajoyib rollarni talqin etishganligini yana bir bor eslatib o’tamiz. Film qahramoni 7ta olamga tushib qoladi. Shu sababli, «7 olam» deb nomlangan. Biroq, qanday qilib 7 olamga tushishini hozircha sizlarga ma’lum qilmaymiz. Yaxshisi, kartina katta ekran yuzini ko’rganda o’zingiz tomosha qilib bilib olasiz. «7 olam» filmining ovozlashtirish ishlarini taniqli dublyaj rejissori Matyoqub Orziev olib bormoqda.

Quyida siz azizlar uchun dublyaj jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 408 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *