Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Fev, 2010

5 fevral «7ta haykal 1ta kal» prem'erasi!

7ta haykal - 1ta kalFevral oyining ilk prem'erasi ham aniqlandi. Taniqli so'z ustasi va aktyor, yosh rejissor Sanjar Shodievning yangi kinokartinasi bo'lmish «7ta haykal 1ta kal» filmi va nihoyat katta ekranga chiqish uchun tayyor. 5 fevral kuni filmning ilk namoyishi bo'lib o'tadi.

6 fevraldan esa filmning keng namoyishi boshlanadi. Biz mazkur kartinani badiiy kengash safida birgalikda tomosha qildik. Shuning uchun menimcha film haqida fikr bildirishimiz mumkin. Yosh kinorejissorning mazkur ishi juda yuqori darajadagi g'oya asosida suratga olinganligini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Zero, hozirgi ishlanayotgan ko'plab yengil-yelpi filmlardan anchayin yuqori saviyada ishlangan mazkur film. Bu fikrimizni Rossiyalik mutaxassislar ham quvvatlagandek, kartinani qayta ishlash xuquqini «Yappi Film» hamda film g'oyasi muallifi Sanjar Shodievdan sotib olishga qaror qilishgan. Tez kunda ushbu ish yuzasidan muzokaralar o'z nihoyasiga yetadi va Rossiya kinoijodkorlari ham mazkur kartina g'oyasi asosida film suratga olishadi. Rossiyalik kinoshunoslarning e'tiborini torta olgan g'oya bizning tomoshabinlarni ham qiziqtirishi shubhasiz! Filmga oid ko'plab qiziqarli ma'lumotlar bor bizda. Bular haqida tez orada xabardor etamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *