Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
21 mart: «Sharofatxonning kelinlari» filmi!!!
15 Mart, 2016

21 mart: «Sharofatxonning kelinlari» filmi!!!

Sharofatxonning kelinlariMana 4 kundan buyon «Sharofatxonning kelinlari yoxud Navro’z muborak» musiqiy filmining suratga olish ishlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur filmning suratga olish jarayoning ilk kunidan sizlarga fotoreportaj taqdim etgan edik. Mana bugun ham mana shu suratga olish jarayonini yoritishga qaror qildik.

«MY5″ telekanalining «Kino Life» ko’rsatuvi loyihasi asosida rejissor Ozod Shams tomonidan suratga olinayotgan mazkur filmda siz deyarli barcha yulduzlarni ko’rishingiz mumkin. Deyarli barcha mashhur aktrisalar ishtirok etayotganligi haqida avval ham xabar bergan edik. Bugungi suratga olish jarayonida filmning musiqiy sahnalari tasvirga tushirildi. Ketma-ket estradamizning yulduzlari sumalak pishirilayotgan xonadonga, ya’ni suratga olish maydonchasiga tashrif buyurib, o’z kuy-qo’shiqlarini kuylashdi va zavq ulashishdi. Ayni damda ham mazkur jarayon davom etmoqda. Biz suratga olish maydonchasiga tashrif buyurgan vaqtimizda Sardor Rahimxon, Jahongir, Budur kabi bir qator estrada vakillari tashriflarini guvohi bo’ldik va fotosuratlarga tushirdik. Mazkur filmni siz 21 mart kuni «MY5″ telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin. O’tkazib yubormang!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *