Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Yan, 2011

2011 yilning birinchi premeyrasi bo'lib o'tdi!

O'xshatmasdan uchratmasAvval xabar berib o'tganimizdek 9 yanvar kuni Javlon Shodmonov rejissorligi ostida suratga olingan «O'xshatmasdan uchratmas» filmining premeyrasi bo'lib o'tishi kutilgan edi. Kutilganidek, bugun soat 16-00da «G'uncha», 17-00da esa «Kinochilar uyi» kinoteatrlarida mazkur filmning premeyrasi bo'lib o'tdi. Har galgidek premeyra ikkala kinoteatrda ham anshlagda o'tdi.

Javlon Shodmonov rejissorligi ostida suratga olingan filmlar shu vaqtga qadar kino muxlislarini zeriktirib qo'ymagani barchaga ayon. Bu gal ham Javlon Shodmonov ushbu qoidaga rioya qilgan holda muxlislar uchun o'zining navbatdagi komedik janrda suratga olingan filmini taqdim etdi. Yangi yildagi ilk premeyra tomoshabinlarga judayam maqul tushganini film tugagandan so'ng ularning yuzlaridan shundoq bilsa bo'lardi. Premeyraga tusha olmaganlar har kuni soat 11-00dan boshlab poytaxtimizning «G'uncha», «Kinochilar uyi» hamda «Tojmahal» kinoteatrlarida filmni mazza qilib tomosha qilib ketishlari mumkin.

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas

O'xshatmasdan uchratmas


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *