Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Noy, 2009

2 kishilik taklifnoma egasi…

Bu antiqa, antiqa film«Studio.Uz» studiyasi tomonidan suratga olingan rejissor Oskar Baxteevning «Bu antiqa, antiqa film» kartinasining prem’erasi uchun 2 kishilik taklifnoma o’ynalayotgan edi. Va nihoyat taklifnoma o’z egasini topdi…

…3950 abonent raqami egasi birinchilar qatorida berilgan 3 ta savolga to’liq va aniq javob yo’lladi. Ularni g’olib bo’lganliklari bilan film ijodkorlari hamda SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Demak, berilgan 3 ta savolning javoblari quyidagicha edi.

1. «Studio.Uz» studiyasi tomonidan suratga olingan «Bu antiqa, antiqa film»ning suratga olish ishlari qancha muddat davomida olib borilgan?
Javob: «Studio.Uz» studiyasi tomonidan suratga olingan «Bu antiqa, antiqa film»ning suratga olish ishlari 4 oy mobaynida olib borilgan.

2. «Bu antiqa, antiqa film»ning ovoz rejissorlari va musiqiy prodyusseri kim?
Javob: «Bu antiqa, antiqa film»ning ovoz rejissorlari G’ayrat Abrorov va Botir Matkarimov. Musiqiy prodyuser Jakhongir.Uz.

3. «Bu antiqa, antiqa film»da bosh qahramon qiz obrazini qaysi aktrisa talqin qilgan?
Javob: «Bu antiqa, antiqa film»da bosh qahramon qiz obrazini «Ilhom» teatrining iqtidorli aktrisasi Nargis Abdullaeva talqin qilgan.

P.S.: Eslatib o’tamiz, filmning prem’erasi 26 noyabr kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo’lib o’tadi. 27 noyabrdan esa, o’z seanslarini Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy, Kinochilar uyi va G’uncha kinoteatrlarida boshlanadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *