Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Sen, 2010

«100 kun» ichida Madina Mumtoz shu holga tushdi?!

100 kunEstrada va kino olamida tinimsiz ijod qilib kelayotgan yosh ijodkor Madina Mumtozning mazkur fotosuratini ko'rib, unga nima bo'lganligi bilan qiziqayotgan bo'lsangiz ajab emas. U «100 kun» ichida shu holga tushdi!

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yosh kinorejissor Umida Ubaydullazoda rejissorligi ostida suratga olinayotgan «100 kun» filmida Madina Mumtoz shu holga tushadi. Hozircha filmning mazmun mohiyati haqida ortiqcha to'xtalib o'tirmaymiz. Faqat uning ijodiy jamoasi va qisqacha mazmuni haqida ma'lumot beramiz. «Futurist» kompaniyasining «Afsona» kinostudiyasi tomonidan taqdim etiladigan mazkur film rejissori va ssenariy muallifi Umida Ubaydullazoda, operator Zafar Inomjonov. Filmdagi bosh rollarni Madina Mumtoz, Sherzod Qodirov, Jamshid Muhammedov, Diyora va Leyli Seitmambetovalar ijro etishgan. Rollarda esa Nozim To'laxo'jaev, Ubaydullo Omon, Muhammad Iso Abdulhairov, Zuhra Solieva, Gulchehra Sa'dullaeva hamda Gulchehra Nosirovalarni ko'rishingiz mumkin.
Film bosh homiysi «Eski shahar» restorani. Melodrama janrida suratga olingan mazkur film uchun ham maxsus saundtrek kuylangan. Uning ijrochisi Asilbek Ne'matov bo'lib, qo'shiq «Menman» deb nomlanadi.
Film inson matonati, odamiylik xislatlari, so'z o'yinlari bilan boyitilgan. Filmning ishchi nomi «Farishtaginam» edi, ba'zi sabablarga ko'ra u «100 kun» nomiga o'zgartirildi. Film prem'erasi tez kunlarda bo'lib o'tishi kutilmoqda. Mazkur kartinaga oid barcha ma'lumotlarni bizning portal orqali bilib borishingiz mumkin.

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun

100 kun


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 153 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *