Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Iyul, 2014

Zoirbekning «Taqdir»ini tinglab, tomosha qilamiz!

Zoirbek - TaqdirO’zbek estradasi olamida o’z o’rnini topish uchun intilayotgan xonandalar talaygina. Ular orasidan yorib chiqish har kimga ham nasib etavermaydi. Umidli xonanda Zoirbek ham o’z o’rnini topish uchun ijod qilib kelayotgan xonandalardan biri hisoblanadi. Bugun Zoirbekning kliplaridan birini siz azizlarga taqdim etamiz.

Yosh va umidli xonanda Zoirbek o’zining «Taqdir» taronasiga klip suratga tushirganiga ancha vaqt bo’lib qolgan bo’lsada, bizning portalimiz orqali endi taqdim etmoqda. Portalimiz muxlislari uchun havola qilinayotgan ushbu klip Rauf Nabiev tomonidan suratga tushirilgan. «Taqdir» taronasi so’zlari Kamron qalamiga mansub, musiqasi esa S.Imomxo’jaev tomonidan bastalangan. Quyida klipdan fotolavhalar va klipni ko’chirib olish yo’llanmasi keltirilgan. Yaqin kunlarda Zoirbekdan boshqa ijod namunalarini ham qarshi olishingiz mumkin.

MP3: Zoirbek - Taqdir (42)

KLIP: Zoirbek - Taqdir (48)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 186 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *