Ziyodaning uchinchi albomi sotuvda!
Maftunkor Ziyoda o'zining navbatdagi albomi taqdimotini o'tkazdi. Avvalgi albomlar muxlislarga shunchaki oddiy ko'rinishda havola qilingan bo'lsa, bu safar taqdimot ko'rinishida taqdim etildi. «Nirvana» do'konlaridan birida bo'lib o'tgan taqdimot marosimida Ziyoda eng sara qo'shiqlarini ham ijro etdi.
«Baxt to'la» deb nom olgan mazkur albomdan 17 ta qo'shiq o'rin olgan, Ulardan biri Davron Ergashev bilan ijro etilgan yangi tarona ekanligini alohida ta'kidlash o'rinli. Taqdimot davomi Davron Ergashev ham tashrif buyurib, ushbu duet taronani birgalikda muxlislarga kuylab berishdi. Qo'shiqlar ketma-ketligidan so'ng, muxlislar yangi albomlardan harid qilib, Ziyoda bilan birgalikda fotosuratlarga tushishdi hamda dastxat olishga ham erishishdi. Darvoqe, Davron Ergashev bilan ijro etilgan duet taronaga klip ham suratga olingan bo'lib, yaqin kunlarda muxlislar hukmiga havola etiladi. Noyabr oyi oxirlarida esa Ziyodaning ilk yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tadi.