Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ziyodaning 2014-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!
31 Okt, 2014

Ziyodaning 2014-yilgi konsertidan fotoreportaj!!!

Ziyoda 2014 konsertO’zbek estradasining xushovoz xonandasi Ziyoda 2014-yilgi konsert dasturini ilk kunini a’lo darajada o’tkazdi. Bugun 31-oktyabr sanasida soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Ziyodaning «Sevadi yorim» nomli yangi konsert dasturi bo’lib o’tdi. Mazkur konsertdan fotoreportaj esa tayyor!!!

SB.uz portali ijodiy jamoasi o’z muxlislarini xushnud etish maqsadida har bir tadbirdan, konsert dasturlari va prem’eralardan maxsus fotoreportaj taqdim etib kelmoqda. Mana bugun siz azizlar uchun Ziyodaning navbatdagi konsert dasturidan maxsus fotoreportaj ham taqdim etilmoqda. Konsert dasturi 3 blokdan iborat bo’lib, uning birinchi blokida ma’yus ohangdagi taronalar ijro etildi. Ikkinchi blokda esa asosan raqsbop taronalarga urg’u qaratilgan bo’lib, bir qator yangi taronalar ham aynan mazkur blokda jarang sochdi. Uchinchi blokda esa ko’proq xorij estradasiga murojaat etilgan holda, jahon miqyosida tan olingan qo’shiqlar Ziyoda ijrosida yangradi. Konsert davomida Ziyoda «Bojalar» guruhi hamda Davron Ergashev bilan birgalikda duet taronalar kuyladi. Konsert dasturining ilk kunida Shahzoda, Halima, Umidaxon, Shahzoda Muhammedova, Muqaddas Sa’dullaeva, Narimon Sultonxo’jaev, Gulsanam Mamazoitova, Shohsanam, Akmal Mirzo kabi o’zbek shou-biznesi vakillari mehmon bo’ldilar. Yana boshqa biror bir ijodkorni ko’rmay qolgan bo’lsak, to’g'ri tushunasiz, degan umiddamiz. Endi esa fotosuratlarga e’tiboringizni qaratamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 129 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *