Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Iyul, 2010

Ziyoda: «Sevib qoldim»…

Ziyoda sevib qoldiSo'nggi paytlarda xalq orasida «Akfa Media» prodyusserlik markazining betakror yulduzi bo'lmish Ziyoda haqida turli hil mish-mishlar tarqala boshladi. Emishki Ziyoda turmushga chiqti yohud shunga o'xshash uzun-quloq gaplar. Bu gaplar kamlik qilganidek, Ziyodaning shaxsan o'zi «Sevib qoldim» deya nola qildi…

Aslida bu nola Ziyodaning navbatdagi ijod maxsuli bo'lib, Temur so'zi va Furqat Bobojonov musiqa hamda g'oyasi asosida yaratildi. Qo'shiq tayyor bo'lishga ulgurmayoq, ushbu taronaga Yodgor Nosirov rejisserligi ostida klip suratga olinishi ham rejalashtirilib qo'yildi. Ziyodaning o'zi barcha gaplar shunchaki mish-mish ekanligini shaxsan tasdiqlamoqda hamda taronani uning muxlislari faqat va faqat yana bir betakror ijod maxsuli sifatida ko'rishlarini tilab qoldi.

Bu hali hammasi emas. Shu kunlarda Akfa Media hamda Zamin Film tomonidan yaratilayotgan «Firibgar» filmiga ham aynan Ziyoda va Akfa Medianing navbatdagi loyixasi bo'lmish Sirojiddin tomonidan ajoyib duet soundtrack kuylandi. Yaqin orada ushbu soundtrackga ishlangan videoklipni birinchilar qatorida bizning portal orqali siz azizlarga taqdim etamiz. Film haqida to'xtaladigan bo'lsak, filmda Jahongir Poziljonov, Rajab Adashev, Oydin Yusupova, Erkin Komilov, Murod Rajabov va boshqa ko'plab o'zbek kinosi yulduzlari suratga tushishgan. Film shu oyning o'rtalarida keng ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *