Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Iyun, 2008

Ziyoda… o’zbekcha, tatarcha, arabcha!!!

ZiyodaMaftunkor va xushovoz xonanda Ziyoda yangidan-yangi qo’shiqlarini muxlislariga taqdim etishda davom etmoqda. Sevimli xonandamiz ayni damda yangi 3 taronasini keng omma hukmiga havola etishga shaylanmoqda. Ulardan birini siz tinglagan ham bo’lishingiz mumkin.Yangi 3 tarona 3 uslubda ijro etilgan, ulardan biri albatta o’zbekcha va bu qo’shiqni siz radio to’lqinlari uzra tinglagan bo’lishingiz mumkin. Qo’shiq «Super kelinchak» filmiga ishlangan bo’lib, aynan shunday nom olgan. Yana bir tarona arabcha yo’nalishda. Ziyoda so’zi, Rustam To’lashev musiqasi bilan kuylangan mazkur qo’shiq «Qolay men» deb nomlangan. Keyingi tarona esa tatarcha yo’nalishda ijro etilgan. «Zardalaringni» nomli tatarcha qo’shiqning mualliflariga to’xtaladigan bo’lsak, matn muallifi taniqli shoir Bobur Bobomurod qalamiga mansub, musiqasi esa yana o’sha Rustam To’lashev tomonidan bastalangan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *