Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Avg, 2012

Ziyoda, Dilnoza Kubaeva, Alisher Fayz — mukofotlar muborak!

ZiyodaO'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida yurtboshimiz Islom Karimovning farmonlari e'lon qilindi. Unga ko'ra Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Adiz Rajabov va Dilnoza Kubaevalar «Shuhrat» medali bilan taqdirlanishdi.

Quyida biz san'at olamiga tanish bo'lgan bir qator taqdirlangan ijodkorlarni keltirib o'tdik. Alisher Fayz O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Adiz Rajabov va Dilnoza Kubaeva esa «Shuhrat» medali va taniqli prodyuser Feruza Nodirova «Do'stlik» ordeni bilan taqdirlanishdi. Biz ularning barchalarini ushbu mukofotlar bilan tabriklab qolamiz. Doimo yurtimizning madaniiy olamini yuksalishida xizmatdan charchamang!

«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist»
Turdiyev Alisher Bahodirovich – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi
Shamsematov Faxriddin Yo'ldoshevich – O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanali rejissori, aktyor

«Do'stlik» ordeni bilan
Nodirova Feruza Turdiyevna – O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi nodavlat telekompaniyalar teletarmog'i muharriri

«Shuhrat» medali bilan
Qobilova Ziyoda O'tkirovna – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi
Kubaeva Dilnoza Oqilbekovna – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori
Nasimov Hilol To'lqinovich – «O'zbekfilm» kinostudiyasi rejissori
Rajabov Adizjon Narzulloyevich – «O'zbekfilm» kinostudiyasi aktyori
Poziljonov Jahongir G'ayratovich – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi

Ziyoda

Dilnoza Kubaeva


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 672 ta o'qildi | 2 izohlar.

COOL.SB.uz -

2 Izohlar

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *