Ziyoda «Assalom» deya kuylaydi…
Yaqindagina onalik baxtiga muyassar bo’lgan xushovoz xonanda Ziyoda yana o’z ijodini davom ettirmoqda. Estradamizning maftunkor vakilasi «Assalom» nomli yangi qo’shiq yozdi va ushbu tarona shu kunlarda radioto’lqinlar uzra jarang socha boshlaydi.
Timur so’zi, Furqat Bobojonov musiqasi bilan kuylangan ushbu taronaga klip ham suratga tushirish borasida bosh qotirilmoqda. Agarda muxlislar tomonidan ushbu qo’shiq yaxshi qabul qilinsa, unga mos ravishda klip ham tasvirga tushiriladi. Ziyodaning ijodiy faoliyatiga omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.