Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Fev, 2007

Zebo Yaponiyaga yo’l olmoqchi…

ZeboO’zbekiston iste’dodlarga boy davlat. Har bir yosh xonanda san’atda o’z o’rnini topishga harakat qiladi. Shular jumlasiga Zeboni ham qo’shishimiz mumkin. Yosh xonanda yaqin kunlarda Yaponiyada konsert berish uchun yo’l oladi.21 apreldan to 1 mayga qadar Yaponiya safarida bo’ladigan Zebo, Yaponiyaning 2 shaharida bo’lishi rejalashtirlmoqda. 3 kun Fukuoka shahrida va yana 3 kun Tokyodan bir oz uzoqda joylashgan Gunma shahrida konsert dasturini taqdim etadi. Har ikkala konsertning davomiyligi bir yarim soatni tashkil qiladi. Konsertda Zebo hamda Yaponiyaning mashhur guruhlaridan biri qatnashadi xalos. Zebo uchun ajratilgan vaqt 50 daqiqani o’z ichiga olganligi bois, Zebo deyarli har kuni yangi taronalar yozish bilan ovora. Shu kunlarda 10 ta qo’shiq yozishni rejaga kiritib qo’ygan. Buni qarangki, konsert jonli ijroda bo’lar ekan, hatto musiqalar ham yaponiyalik guruhlardan biri tomonidan jonli tarzda chalinar ekan. Konsertda ijro etiladigan qo’shiqlar musiqasi allaqachon o’sha yaponiyalik guruhga internet orqali yuborilgan va ayni kuna ular shu musiqalarni jonli tarzda chalish uchun tayyorgarlik ko’rmoqdalar.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *