Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 May, 2007

Zebo Yaponiyadan qaytdi!!!

ZeboO’zbek estradasining yosh iste’dod egalaridan biri Zebo o’zining ilk konsert dasturini Yapon xalqi e’tiboriga havola qilib qaytdi. Ushbu konsert dasturidan maqsad o’zbek xalqining zamonaviy estradasi bilan Yapon xalqini tanishtirish edi.

Qabul qiluvchi tomon “Xalqaro ayollar assotsiatsiyasi” va “O’zbekiston-Yaponiya madaniy aloqalar assotsiatsiyasi” bo’ldi. Zebo 21-22 aprel kunlari 2 kun mobaynida Yaponiyaning Senday shahrida o’tkazilgan konsertda qatnashdi. Birinchi kuni “Spring Festival”da qatnashigan bo’lsa, ikkinchi kuni tahminan 700 tomoshabin yig’ilgan madaniyat saroyida o’z ijodi bilan yapon xalqini tanishtirdi. Konsertlarda Yaponiyaning taniqli davlat arboblari, kongressmenlar, shahar merlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. 25 aprel kuni Fukuokaning Miyama shahrida 400taga yaqin yig’ilgan tomoshabinga Zebo o’z ijod mahsulini havola etdi. Bu konsertning maqsadi yapon xalqini O’zbekiston va o’zbek madaniyati bilan tanishtirish edi. Konsert “Buyuk ipak yo’lidan taralayotgan sado” nomi ostida o’tkazildi. Ushbu konsert haqida Yaponiya mahalliy telekanallarida ko’rsatuvlar namoyish etilib, bir qator yapon gazetalarida maqolalar chop etildi. Konsertga yig’ilgan tomoshabinlar o’z ta’surotlarini qoldirish maqsadida konsert boshlanishidan oldin tarqatilgan dasturlarga o’z fikrlarini yozib qoldirishdi, ta’surotlarni hammasi ijobiy bo’lib, yana shunday konsert dasturlari o’tkazilishi tarafdori ekanliklari ma’lum qilingan. Shu tilaklarni inobatga olib, Zebo ishtirokida Yaponiyada yanada keng qamrovli konsertlar o’tkazilishi kelishib olindi.

Zebo

Zebo

Zebo

Zebo

Zebo

Zebo

Zebo

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *