Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Zamzama Turkiyadan safardan qaytdi…
23 Iyun, 2013

Zamzama Turkiyadan safardan qaytdi…

Zamzama TurkiyadaYosh estrada xonandalaridan biri Zamzama bir muddat ko’rinmay qolgan edi. Bilishimizcha u kuni kecha Turkiyadan ijodiy safardan qaytgan. Anqara shahrining mashhur teleloyihalaridan biri «Bir Avaz» ko’rsatuvida Zamzama o’zining «Zamzamingman», «Qaniydi», «Moviy ko’zlaring» hamda «Yorim» nomli qo’shiqlari bilan ishtirok etdi.

Zamzamaning bunday miqyosda chiqishi va ishtiroki u uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Zamzama o’z ustida ishlashi kelajakda uning uchun bundan ham katta yutuqlarni olib kelishi shubhasiz. Zamzama Turkiya teleloyihasidagi chiqishi haqida so’zlab berar ekan, shuni ham qo’shimcha qildi: «Men uchun o’zga davlatlarda, o’zimizning juda katta o’tmishga ega va boy san’atimizni bir parchasini ko’rsatish men uchun fahr. Shuni aytishim kerakki, men estrada yo’nalishida ijod qilsamda, mening qo’shiqlarimda milliy ohanglar va mening ko’rinishimda ya’ni obrazimda milliy matolarni uyg’unlashuvi bor. (kulib) Baribir o’zimizning milliyligimiz o’zgacha».


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 011 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. zamzama bowqa davlatlarda yurgandan k6ra yangi ijod namunalarini ommaga taqdim etsa b6omidimi

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *