Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Zamzama qizaloq muborak bo’lsin!!!
3 Fev, 2014

Zamzama qizaloq muborak bo’lsin!!!

Zamzama - OyijonO’zbek estradasining maftunkor xonandalaridan biri Zamzama so’nggi paytlarda biroz kamnamo bo’lib qolganini siz ham payqagan bo’lsangiz ajab emas. Biz Zamzamaning ijodiy yangiliklaridan xabardor bo’lish maqsadida xonandaning prodyuseri Charos bilan muloqot qilganimizda Zamzama qizaloq farzandlik bo’lganligidan voqif etdi.

Bu xushxabarni barchaga yetkazishni lozim deb topib, sizlarga ma’lumot yetkazmoqdamiz. Zamzama tahallusi ostida ijod qilayotgan Shahzoda 24 yanvar kuni qizaloq farzand dunyoga keltirdi. Qizaloqning ismini yaxshi niyatlar bilan Go’zal deb qo’yishdi. Hozirda Zamzama urf-odatlarimizga ko’ra chilla saqlamoqda. Tez kunlarda ijod ishlarini ham boshlab yuboradi. Biz o’z o’rnida Zamzamani dunyoga kelgan farzandi bilan muborakbod etamiz. Qizaloq sog’lom, aqlli-xushli bo’lib voyaga yetsin. Tabriklarimizni qabul qiling Zamzama!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 750 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *