Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Zamzama noan’anaviy mavzuda qo’shiq kuyladi
24 Yan, 2013

Zamzama noan’anaviy mavzuda qo’shiq kuyladi

Zamzama - OyijonZamzama — bu xonanda o’z yo’nalishiga, ijro uslubiga, o’z ijrosiga, o’z muxlislariga ega xonanda hisoblanadi. Uning har bir ijro etayotgan qo’shog’i tobora muxlislar qalbiga chuqurroq joylashib bormoqda. Jumladan, Zamzamaning yangi «Oyijon» qo’shig’i ham tez orada o’z tinglovchilarini topib ulguradi, degan umiddamiz.

«Oyijon» — Zamzamaning yangi qo’shig’i shunday nom oldi va bu doim kuylanayotgan onalar mavzusidagi qo’shiq emas. Bu qo’shiq zamirida noan’anaviy mavzu yotibdi. Qo’shiqda yoshlarning onalariga o’z sevgi-izhorlarini, kimnidir sevishlarini oriat qilib, uyalib ayta olmasliklari haqida mavzu ko’tarilgan.
Mazkur qo’shiq uchun ayni damda klip suratga olinmoqda va ushbu klip g’oyasi Zamzamaning prodyuseri Charos, klip rejissori Dilmurod Agzamov hamda Zamzamaga tegishli. Klip 2 kun davomida suratga olindi. Suratga olishning 1-kuni «O’zbekfilm» pavilionida qurilgan maxsus dekoratsiyada bo’lib o’tdi. 2-kuni esa klipning voqeaviy sahnalari suratga tushirildi. Yaqin kunlarda klip prem’erasini ham o’tkazib yubormang.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 190 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *