Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Apr, 2011

«Zamon» guruhidan klip prem'erasi!

ZamonPortalimiz muxlislari qaynoq prem'eralarni ancha sog'inib qolishgan bo'lsa ajab emas. Zero, bir qancha muddatdan buyon yangi klip prem'eralarini sizlarga taqdim etmayotgan edik. Bugun esa «Zamon» guruhidan «Bora-bora» nomli yangi klipni qarshi olamiz.

Sherkhan tahallusi ostida ijod qilayotgan xonanda Shohruh Jo'raev avvallari «Zamon» deb nomlangan guruhda o'z faoliyatini olib borar edi. Bir qancha vaqt Sherkhan nomi ostida ijod qilgan ushbu xonanda yana «Zamon» guruhini yangi tarkib bilan tiklab, ijod qilishga qaror qilgan. Bu «Zamon» guruhining yangi tarkibidan ilk debyut tarona deb aytsak bo'ladi. «Bora-bora» deb nomlangan mazkur tarona musiqasi Nasrullo Mamatxanovga, so'zlari esa Ibrohim Jiyanovga tegishli. Guruh a'zolari bo'lmish Shohruh Jo'raev hamda Zara qo'shiqqa ishlangan klip jarayonida o'zlarining aktyorlik mahoratlarini ishga soldilar. Yana bir e'tiborli jihati klipning rejissori ham guruh a'zolaridan biri bo'lmish Zara hisoblanadi. Operatorlik vazifasi Nusrat Hasanov zimmasiga yuklatilgan edi. Qo'hna Buxoro shahrida suratga olingan ushbu klipda visol sog'inchi, muhabbat tuyg'ulari tarannum etilgan. Va eng asosiysi milliy ruhda suratga olingan. Nima ham deymiz, klipga baho berish aziz muxlislar hukmiga bog'liq. Demak, klipdan ba'zi fotolavhalarni tomosha qilamiz, klipni Video.SB.uz loyihasida tomosha qilamiz va albatta ko'chirib ham olishimiz mumkin.

Klipni tomosha qilish

Klipni ko'chirib olish

Zamon

Zamon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *