Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Dek, 2012

«Zamon» guruhidan «Jonim» taronasi!!!

Zamon«Zamon» guruhining ushbu tarkibi tashkil topganiga mana bir yil ham bo'lib qoldi. Bu vaqt ichida guruh a'zolari Shohruh Jo'raev va Zara tinmay ijod qilib, o'z uslublarini topishda izlandilar. So'nggi ijod namunalaridan biri «Meni sevib qolma» taronasiga ishlangan antiqa klip ko'pchilikning e'tiborini tortgani ularning yutug'i albatta.

Bugun «Zamon» guruhidan yangi qo'shiq prem'erasini bizning portalda qarshi olishingiz mumkin. «Jonim» deb nomalngan yangi tarona musiqasini guruh a'zolarining o'zlari bastalaganlar. So'z va musiqa muallifi guruh a'zosi Zara, aranjirovka muallifi esa Shohruh Jo'raev. Mazkur qo'shiqni dunyoga kelishida yaqindan ko'maklashgan barcha ijodkorlarga «Zamon» guruhi o'z minnatdorchiligini bildirib qoladi.
Yana bir ajoyib yangilik. «Zamon»chilar o'zlarining yana bir yangi qo'shiqlari bo'lmish «Kechagi kun» taronasiga ham noan'anaviy tarzda klip tasvirga tushirishni rejalashtirishmoqda. Klipning voqeaviy sahnalari Yaponiyada suratga olinishi mo'llanmoqda. Hozircha esa biz «Jonim» taronasini ko'chirib olib, tinglaymiz va baho beramiz.

«Zamon» guruhi — «Jonim» qo'shig'ini ko'chirib olish uchun yo'llanma

Zamon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *