Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyul, 2012

«Zamon» «Avatar» qiyofasiga kirdi?!

ZamonYillar davomida o'z yo'nalishini izlagan Shohruh Jo'raev boshchiligidagi «Zamon» guruhi mana va nihoyat o'z izlagan stilini topdi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, «Zamon» guruhining so'nggi ijodiy namunalari avvalgilaridan tubdan farq qiladi va saviya jihatidan ham bir qancha o'sgan. Eng qizig'i, bugun siz «Zamon» guruhini «Avatar» qiyofasida ko'rishingiz mumkin!!!

Ha, «Zamon»chilar zamon bilan hamnafas holda yangi fotojamlanma uchun fotosuratlarga tushishdi. Bugun ushbu fotojamlanma ham tayyor bo'lgan bo'lib, undagi fotosuratlar orasida guruh a'zolarining bir fotosuratini «Avatar» filmi posteri singari montaj qilinganini ko'rishingiz mumkin. Bu fotojamlanmada nafaqat «Avatar» qiyofasini, balki turli Gollivud filmlariga xos fotosuratlarni ham ko'rishingiz mumkin. Bu kabi fotojamlanma menimcha bugungi kunga qadar hech bir shou-biznes vakilida kuzatilmagan edi. Eksklyuziv fotosuratlarni esa ilk bor aynan SB.uz portalida tomosha qilishingiz mumkin. Ha aytgancha, «Zamon» guruhi hozirda Jasur Badalboev bilan studiyada yangi qo'shiq yozish ishlari bilan ovora. Yangi qo'shiq «Kechagi kun» deb nomlanadi. Guruh a'zolari o'tgan kunlarini yodga olayaptilarmi, demak bu yaxshilikka! O'tmishni unutmasdan faqat oldinga intilavering, «Zamon»chilar!!!

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon

Zamon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *