Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Avg, 2007

«ZAMIN» mukofoti tiklanadimi?!…

ZAMIN mukofotiSarlavha har bir haqiqiy san’at ixlosmandini qiziqtirishi tabiiy. Zero, shaxsan men ham «ZAMIN» mukofoti taqdirlanajak «ONA ZAMIN YULDUZLARI» festivalini juda-juda sog’indim! Sizchi, siz sog’indingizmi? Mazkur festival yana tiklanadimi? Tiklansa qachon bo’lib o’tadi? Savollarga oz bo’lsada javob topishga harakat qilamiz.

«ONA ZAMIN YULDUZLARI» festivalini tashkil qilgan rejissor Sa’dulla Abdullaev ekanligini menimcha hamma juda yaxshi biladi. Bu ijodkorni bugungi kunning eng yaxshi rejissorlaridan biri deb bemalol e’tirof etishimiz mumkin. U allaqachon O’zbekiston san’ati tarix zarvarraqlaridan o’rin egallagan. Uni ancha yillar yodda tutishligi ham aniq. Sa’dulla Abdullaevning mazkur festivalida jahonning manaman degan yulduzlari ishtiroki hali hamon muxlislar ko’z oldidan ketmagan. Xo’sh, festival yana tiklanadimi?
Albatta tiklanadi! Sa’dulla Abdullaev ayni kunlarda shu xususida bosh qotirmoqda. Rejissor uchun festivalga jahonning qaysi yulduzlarini taklif etish va festival o’tkaziladigan sanani belgilash bugungi kunning asosiy mavzusi. Bu masala hal bo’lishi bilan birinchilar qatorida bizdan bilib olish imkoniga ega bo’lasiz. Kuzatishni davom eting!

Festival qachon va qayerda bo’lib o’tadi? Festivalga kimlar tashrif buyuradi? Festivalga tayyorgarlik jarayonidan eksklyuziv ma’lumotlar va fotosuratlar faqat siz uchun! Tez kunda, SB.uz portalida!

ZAMIN mukofoti


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *