Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Iyun, 2007

«Yulduzli duet» loyihasi shoiri bilan tanishing!

YakzonYAKzoN — bu ijodkorni bugungi kunda ko’pchilik yaxshi tanisa ajab emas. Zero, yosh shoir hozirda hitga ayalanyotgan ko’plab qo’shiqlar matn muallifi hisoblanadi. Endilikda u SB.uz portali hamda «Insane music» ovoz yozish studiyasi hamkorlikdagi loyihasi bo’lmish «Yulduzli duet»ni shoiri hisoblanadi.

YAKzoN shu kungacha «A’lo» guruhi, «Zero» guruhi, Yayra, Farruh Komilov, Kaniza, Saya Tash, Sogdiana, Sitora Ahmedova, Yasmina, «Setora» guruhi, Shukur, Anvar, Nilufar Usmonova va Shahzoda kabi estradamiz yulduzlaribilan ijod qilib kelmoqda. Shahzodaning so’nggi yaratilayotgan albomidan o’rin egallagan qo’shiqlarning aksari aynan mana shu ijodkor qalamiga mansub. Shuningdek, hozirda hitga aylanayotgan Nilufar Usmonovaning «Taslim bo’ldim» nomli taronasi matni ham shu ijodkor qalamidan yozilgan.

Demak, »Yulduzli duet» loyihasiga biz munosib ijodkorni tanlaganmiz! Siz azizlarda esa juda ham ajoyib imkoniyat bor. Mana shu ijodkor yozgan matni asosida qo’shiq kuylashingiz mumkin. Bunga esa oz qoldi! 26 iyun kuni soat 11:00da «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati Toshkent shahar bo’limi binosi yoniga tashrif buyuring va «Insane music» studiyasida hay’at a’zolari ishtirokida o’tkaziladigan kastingda ishtirok eting! 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *