Yulduzlarning yangi yil tabrigi: Oybek va Nigora!!!
Bugundan boshlab SB.uz portali yangi yil kuniga qadar har kuni estrada va kino olamining yorqin yulduzlaridan videotabrikni e’tiboringizga tortiq etadi. Har kuni sevimli yulduzlaringizning ezgu tilaklaridan bahramand bo’lishdek imkoniyat sizlarga taqdim etiladi. Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Bizning ilk yulduzlarimiz Oybek va Nigora juftligi va ulardan eksklyuziv tabriklar!
Har bir yulduzning o’z muxlisi bor. Oybek va Nigoraning ham muxlislari juda ko’plab topiladi. Biroq, ajoyib bayram arafasida menimcha barcha yulduzlarning iliq tilaklari hammamizga juda ham yoqadi. Yil yakunida sevimli yulduzlaringiz bilan birgalikda yangi yilni kutib oling. Eksklyuziv tilaklar aynan siz aziz muxlislar uchun atalgan. Darvoqe, mazkur yangi yil tabriklarini videoga tushirishda yaqindan ko’mak bergan «The Best Studio» studiyasiga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Oybek va Nigoraning yangi yil tabrigi (261)