Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yulduzlarni jamlagan «Royal Party»dan fotoreportaj!!!
24 Okt, 2014

Yulduzlarni jamlagan «Royal Party»dan fotoreportaj!!!

Royal PartyO’zbek shou-biznesi olami vakillari bugun bir joyda jamuljam bo’lishdi. «Royal Events» kompaniyasining rasmiy ochilish marosimi «Royal Party» nomi ostida «Yakka Saroy» restoraning oq zalida bo’lib o’tdi. Haqiqiy yulduzlar yog’dusiga aylangan mazkur tadbirdan biz maxsus fotoreportajni sizlarning hukmingizga havola etishga tayyormiz.

Keling avval «Royal Events» kompaniyasi haqida ikki og’iz ma’lumot berib o’tsak. «Royal Events» to’y va turli tadbirlarni yuqori sifatda tashkillashtirib, o’tkazishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Ushbu tashkilotni tashkil etgan insonlar esa Abduhamid Halilov hamda Azizbek Berdiev hisoblanishadi. «Royal Events» kompaniyasining rahbari Abduhamid Halilov bugun nazarimizda o’z oldiga qo’ygan vazifani keragidan ortiqroq darajada uddalay oldi. Barcha yulduzlarni bir joyga jamlashni o’zi juda bir mushkul vazifa hisobalanadi. Eng mashur, eng ko’zga ko’ringan yulduzlar ishtirokidagi «Royal Party»ga kelgan yulduzlarni emas, aksincha kelmagan yulduzlarni sanab o’tish osonroq bo’lsa kerak. Sevimli xonandalaru, aktyor va aktrisalar bugun «Yakka Saroy» restoraning oq zalida «Royal Events» kompaniyasining olamshumul ochilish marosimida ishtirok etdilar. Ularni biz nomma-nom aytib o’tirmaymiz. Quyida taqdim etiladigan fotosuratlar orqali kimlar tashrif buyurganini bilib olishingiz mumkin bo’ladi. Tadbirni olib borish vazifasi Adiz Rajabov, Shahzoda Muhammedova, Karen Gafurjanov hamda Zarina Nizomiddinovalarga topshirildi. 4ta yulduzli boshlovchi birin-ketin ssenariy asosida xonanadalarni sahnaga taklif etishdi. Yangi taronalar va yangi kliplar prem’erasi mana shu oqshomda bo’lib o’tdi. Tadbir davomida bir qator qiziqarli viktorinalar bo’lib o’tdi. Ularda ishtirok etgan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlarni qo’lga kiritishga ham muyassar bo’lishdi. Ulardan biri mohir fotosuratchi Mukhiddin A Lee tomonidan qiymati 700 AQSH dollari turadigan to’y fotojamlanmasi edi. G’olibga maxsus sertifikat topshirildi. Tadbir so’ngida Shahzoda o’zining eng sara hit taronalarini ijro etib, tashrif buyurganlarni barchasini raqsga tushishiga sababchi bo’ldi. So’ngra esa eng yetakchi DJlar tomonidan disko musiqalar jarang sochdi. «Royal Party»ga tashrif buyurganlar haqiqiy madaniy xordiq chiqarib qaytishgan bo’lsa, bora olmaganlar armonda qolishdi. Bu «Royal Events» tomonidan tashkil etilgan ilk tadbir edi, xolos. Oldinda bundanda qiziqarli tadbirlarni «Royal Events» san’at ixlosmandlari uchun taqdim etadi! SB.uz portali esa bu kompaniyaning ijodiy faoliyati haqida hamkor sifatida ma’lumot berib boradi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!!! «Royal Events» kompaniyasiga omad yor bo’lsin!!!

Quyida siz azizlar uchun tadbir davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 619 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *