Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Iyun, 2007

Yulduzlar hayriya konsertida!!!

Hayriya konserti2-iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan Shahar Onkologik kasalxonasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan katta hayriya konserti bo’lib o’tdi. Ushbu konsert dasturida ko’pgina o’zbek estrada yulduzlari qatnashdi.

Jumladan, «Setora» guruhi, Shahriyor, Akbar, Anvar, Yasmina, Anvar Sanaev, Masrur Usmonov, Sardor Rahimxon va Ulug’bek Raxmatullaev kabi ko’pgina taniqli yulduzlar o’z chiqishlari bilan bolajonlarni hursand qilishdi. Dasturni esa Rashid Shadat qiziqarli hamda hazilga boy tarzda olib bordi. Konsert yakunida barcha bolajonlarga san’atkorlar hamda homiylar tomonidan sovg’alar taqdim etildi.

Sardor Rahimxon: «Avtohalokatga uchrab, qo’lim shikastlangan bo’lsa ham, bolajonlar uchun kasalxonadan yetib keldim» 

«Setora» guruhi: «Bolalar bizning kelajagimiz, bolajonlarimiz uchun jon bersa arziydi. Ularning tabassumi biz uchun baxt. Shu baxtdan bahramand bo’lish niyatida rejalashtirgan gastrol safarimizni kechiktirdik»

Shu o’rinda aytib o’tish joizki, shunga o’xshash hayriya konsertlari ko’payishini hamda bolajonlarimizni hamisha kulib yurishini tilab qolamiz.

Hayriya konserti

Hayriya konserti

Hayriya konserti

Hayriya konserti

Hayriya konserti

Hayriya konserti

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *