Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yulduzlar futbol bilan shug’ullanmoqda!
14 Fev, 2013

Yulduzlar futbol bilan shug’ullanmoqda!

Yulduzli futbolXabaringiz bor 2012 yilda «Fond Forum» tomonidan yulduzlar ishtirokidagi futbol shousi tashkillashtirilgan edi. Mana shu shouga qiziqish ham misli ko’rilmagan darajada yuqori bo’lgani hech kimga sir emas. Ayni kunlarda esa yulduzlarimiz futbol o’ynash bo’yicha murabbiy ko’magida tahsil olishmoqda. Xo’sh, buning sababi nima?

Kecha, 13 fevral kuni soat 22:30da biz estrada yulduzlaridan tashkil topgan bir qator xonandalar futbol jamoasi shug’ullanayotgan stadionga tashrif buyurdik. U yerda Samandar, Davron Ergashev, Otabek Mutalxo’jaev, Akbar, «Afruz» guruhi xonandasi Jamshid, Mustafo, Alijon Isoqov, Alisher Fayzning administratori Lutfullo, Shohruhxonning ukasi Muhammad Ali kabi estrada vakillarini futbol o’ynayotgan edilar. «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov esa stadion chekkasidan turib hamkasblariga dalda bo’lib, ularni yanada yaxshiroq futbol o’ynashlarini so’rayotgan edi. Biz Jahongir Poziljonovdan mazkur tayyorgarlikka oid bir qator ma’lumotlarni bilib oldik. Ayni damda «Fond Forum»ning «Hayot uchun» shiori ostida yana futbol uchrashuvlari o’tkazilish taraddudi ketayotgan ekan. Mazkur futbol uchrashuvi o’tgan yildigidan farqli ravishda jiddiyroq ko’rinishda bo’lib o’tishi ko’zda tutilmoqda. Ya’ni, oddiy shou tarzida emas, haqiqiy futbol uchrashuvi sifatida o’tkaziladigan bo’libdi. Shu sababdan hozirda san’atkorlardan tashkil topgan 3ta jamoa 3ga bo’linib, 3ta stadionda maxsus murabbiy yordamida futbol uchrashuviga tayyorgarlik ko’rishmoqda ekan. Biz borgan stadionda to’plangan futbol jamoasi tarkibida yana shuningdek, Ulug’bek Rahmatullaev, Ozodbek Nazarbekov hamda Shohruhxon ham qatnashayotgan ekan. Biroq, aynan shu kuni ular ba’zi sabablarga ko’ra futbol mashqlariga tashrif buyura olishmagan. Biz bu tadbir haqida xabar topib juda ham quvondik va sport hamda san’atni yanada yaqinlashayotganidan boshimiz ko’kka yetdi. Zero, bu ikki soha orqali yurtimiz dovrug’i dunyoga taniladi. Barcha yulduzlarga oldinda ularni kutib turgan haqiqiy futbol uchrashuvida omadlar tilab qolamiz. Ana endi esa Sardor Xasanov tomonidan suratga olingan eksklyuziv fotosuratlarni e’tiboringizga tortiq etamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 912 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *