Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yulduz Usmonovaning albom taqdimotidan reportaj!
11 Noy, 2013

Yulduz Usmonovaning albom taqdimotidan reportaj!

Yulduz Usmonova albom taqdimotiO’zbek primadonnasi Yulduz Usmonova kecha 2013-yil 10-noyabr kuni «Dedeman» mehmonxonasining «Silk road» zalida o’zining yangi «Yoningdaman» nomli albomi taqdimotini o’tkazdi. Yulduz Usmonovaning yangi albomi «Ohang media» tomonidan sotuvga chiqarildi va shu kuni ilk egalarini topdi.

300ga yaqin mehmonlar qarshisida o’z albomi taqdimotini o’tkazgan Yulduz Usmonova, kichik konsert dasturini ham taqdim etdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Yulduz Usmonovaning «Yoningdaman» nomli albomidan o’rin olgan bir qator qo’shiqlar mana shu kuni yig’ilganlar uchun ijro etildi. Ular orasida O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan birgalikda kuylangan duet ham ijro etildi. Taqdimotni Otabek Tojiboev hamda Sardor Komilov olib borishdi. soat 19:00da boshlangan albom taqdimoti soat 22:30ga qadar davom etdi. Konsert ko’rinishidagi albom taqdimotidan so’ng, furshet ko’rinishidagi kichik bazm ham bo’lib o’tdi. Albom taqdimotiga muxlislardan tashqari o’zbek shou-biznesining yorqin namoyondalari ham tashrif buyurishdi. Jumladan, Rayhon va Yigitali, Lola, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Ziyoda va Eldor, Madina Mumtoz va Murod Chustiy, Kaniza, Yagona, Tamila, Amira Alibekova, Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizaeva, Manzura, Farruh Komilov, Shoira Otabekova, Halima, Nilufar, Dineyra, Shahzoda Matchonova, Shuhrat Nuraliev va boshqalar.
Albom taqdimotidan SB.uz portali uchun eksklyuziv fotosuratlar G’ayrat Ubaydullaev tomonidan suratga tushirildi.

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 989 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *