Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 May, 2012

Yulduz Usmonova: «Mendek sevaolasizmi?!»

Yulduz Usmonova 2012 albumO'zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonovani ijodini sog'ingan muxlislar diqqatiga katta yangilik bor. Bu yangilik sizlarni juda-juda quvontirishiga shubha yo'q. Hamkorimiz «Nirvana» musiqiy do'konlari tarmog'ida Yulduz Usmonovaning «Mendek sevaolasizmi?!» deb nomlangan yangi CD albomi sotuvga chiqarildi!!!

Yulduzxonim Usmonovaning mazkur albomidan 17ta tarona o'rin olgan bo'lib, 15tasi o'zbek tilida, 2tasi rus tilida ijro etilgan. 14tasi yakkaxon, 3tasi duet tarzida kuylangan. Sevimli Yulduzimizning duetdoshlari Nilufar Usmonova, Bahodir Nizomov hamda Ziyod Eshonxo'jaev. «Mendek sevaolasizmi?!» nomli yangi albomni qo'lga kiritish istagida bo'lsangiz, hoziroq yurtimizning barcha hududlaridan o'rin olgan «Nirvana» musiqiy do'konlariga murojaat qilishingiz mumkin. Ishonamizki, albom tezga manzur bo'ladi. Mazkur CD albomning axborot ko'magi SB.uz portali hisoblanadi.

Yulduz Usmonova 2012 album

Yulduz Usmonova 2012 album


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 150 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *