Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Yan, 2007

Yulduz Usmonova konsertga jiddiy hozirlik ko’ryapti!

Yulduz UsmonovaBahor… eng ko’rkam fasl bahor kirib kelishiga ham juda oz vaqt qoldi. Mana bir necha yildirki, bahor faslida estradamizning eng yorqin yulduzi Yulduz Usmonova o’zlarining yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etadilar. Bu yil ham odatga ko’ra bahor faslida 15 kun mobaynida Xalqlar Do’stligi saroyida Yulduzxonim Usmonovaning yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tadi.

Ayni kunlarda 19 apreldan 3 mayga qadar o’tkaziladigan konsertga qizg’in tayyorgarliklar bo’lib o’tmoqda. Dekabr oyidan tayyorgarliklar boshlangan mazkur konsert dasturi har tarafdan barchaning yodida qolishiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Yulduzxonim har bir uyushtirgan tadbirida antiqa «sovg’alar» hozirlab qo’yishiga hamma o’rganib qolgan. Bu yilgi konsertdan ham muxlislar kutilmagan «sovg’a» kutishayotgan bo’lsa ne ajab. Sizning hukmingizga kuni kecha bo’lib o’tgan konsertga tayyorgarlik jarayonida tushirilgan fotosuratlarni taqdim etamiz. Darvoqe, Usmonova har kunini 3 soatli musiqiy va 3 soatli raqs tayyorgarliklari bilan o’tkazayabdi.

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 129 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *