Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yulduz Usmonova ishtirokida matbuot anjumani
10 Noy, 2013

Yulduz Usmonova ishtirokida matbuot anjumani

Yulduz Usmonova matbuot anjumaniO’zbekiston Respublikasi Xalq artisti Yulduz Usmonova bugun o’zining yangi albomi taqdimoti oldidan jurnalistlar ishtirokida matbuot ajumanini o’tkazdi. Ushbu matbuot anjumanidan eksklyuziv reportajni siz azizlarga taqdim etamiz. Yulduz Usmonovani sog’inganlar uchun ayni muddao!

Yulduz Usmonova o’zining «Yoningdaman» deb nomlangan yangi CD albomini «Ohang media» studiyasi tomonidan sotuvga chiqardi. Mana shu albomning taqdimoti oldidan esa matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumani boshlanishidan avval o’zbegimning sevimli milliy taomi palov bilan kelgan mehmonlarni xushnud etishdi. Matbuot anjumani jurnalist Sardor Komilovning media-markazida bo’lib o’tdi. Anjuman davomida Yulduz Usmonovaga bir qator qiziqarli savollar bilan murojaat etildi. Yulduz Usmonova esa o’z o’rnida ularga javob berib o’tdi. Hozirda Yulduz Usmonova qo’shiqlarining she’rlarini asosan o’zi yozayotganligi haqida, albomlarni sotishda «qaroqchilar»ga qarshi kurashish haqida, nasib qilsa yana yakkaxon konsert dasturini taqdim etish niyati borligi haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Matbuot anjumaniga jurnalistlardan tashqari bir qator estrada yulduzlari ham tashrif buyurishdi. Jumladan, Ziyoda, Madina Mumtoz, Kaniza, Tamila, Amira Alibekova, Shoira Otabekova, Nilufar Usmonova, Yagona va boshqalar.

Yulduz Usmonovaning «Yoningdaman» deb nomlangan albomidan xonandaning 14ta qo’shig’i o’rin olgan bo’lib, ulardan biri O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan duet tarzida kuylangan «Dilfuza» nomli taronadir.  Albom taqdimoti haqida alohida maqola bilan sizlarni xushnud etamiz. Hozircha esa matbuot anjumani jarayonida SB.uz portali uchun fotosuratchi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlarni taqdim etamiz.

Asr Media

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 137 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *