Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Iyun, 2012

Yulduz bo'lmoqchimisan?!

BMT tanloviBirlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi «Ming yillik maqsadlariga erishish yo'lida o'z hissangni qo'sh» shiori ostida RnB, Rap va Freestyle yo'nalishlarida eng yaxshi qo'shiq tanlovini o'tkazishga qaror qildi. Ushbi loyiha g'olibi mashhur yulduz bilan bir klipda suratga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bundan tashqari eng yaxshi ijrochilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Jumladan, iPad, videokamera va boshqalar… Tanlovda quyidagi mavzular bo'yicha ishtirok etishingiz mumkin: Gender tenglik, OITS/OIV ga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish, salomatlik, ta'lim va turmush darajasini yaxshilash.

TANLOV SHARTLARI:

- Tanlovda faqat professional bo'lmagan ijrochilar ishtirok etishlari mumkin

- Guruhlarning ishtirok etishi qo'llab-quvvatlanadi

- Tanlovda 14 dan 27 yoshgacha bo'lgan ijrochilar ishtirok etishlari mumkin

- Qiz va ayollarning ishtirok etishi qo'llab-quvvatlanadi

- Ishtirokchilar tanlovga o'z qo'shiqlarini o'zbek, rus yoki ingliz tilida barcha turdagi audio yoki video formatda yuqori sifatda yozilgan CD/DVD disklarda topshirishlari lozim

- Tarkibida nome'yoriy, zoravonlikka chorlovchi va shunga o'xshash so'z va iboralar ishlatilgan qo'shiqlar tanlovga qabul qilinmaydi

TANLOV NATIJALARI XALQARO YOSHLAR KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIRDA E'LON QILINADI.

Qo.shiqlar 2012 yilning 20 iyuligacha Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko.chasi 4-uy manzili bo.yicha BMT Vakolatxonasida qabul qilinadi. Murojaat uchun malumot: tel.: +998 -71  1203464, Elektron manzil: UZBsongcontest@gmail.com.

BMT tanlovi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *