Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Iyun, 2012

Yozning «Lazzatli» mp3 to'plami sotuvda

Lazzatli«Nirvana» musiqiy do'konlar tarmog'i yozning jazirama issiq kunlarida o'zbek estradasini sevib tinglaydigan musiqa shinavandalariga o'zining «Lazzatli» nomli yangi musiqiy to'plamini taqdim etadi. Harorat naqadar qaynoq bo'lmasin, ushbu musiqiy to'plam bilan har daqiqangiz lazzatli o'tishi uchun «Nirvana» hamda «CD Profi» jonkuyarlari ter to'kishmoqda.

«Lazzatli» deb nomlangan mazkur super hitlar to'plamidan Yulduz Usmonova, Rayhon, Ulug'bek Rahmatullaev, Ziyoda, Mavluda Asalxo'jaeva, Manzura, Mirzabek Holmedov, «Bojalar» guruhi, Avaz Olimov, Sardor Rahimxon, Ruhshona, Shuhrat Vohidov kabi ko'plab estrada yulduzlarining yangi va qadrli bo'lib qolgan taronalari o'rin olgan. Qo'shiqlarning umumiy soni 142tani tashkil qiladi. Bu sevimli taronalar bilan bemalol yozni o'tkazib olsak bo'ladi, deganidir. Quyida «Lazzatli» to'plamining ustki va ichki qismlarining ko'rinishlari taqdim etilmoqda.

Lazzatli

Lazzatli


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *