Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yoshlar markazi» ochilishidan fotoreportaj!!!
10 Noy, 2014

«Yoshlar markazi» ochilishidan fotoreportaj!!!

Yoshlar markazi ochilishiIqtidorli yosh ijodkorlarning noyob iste’dodini ro’yobga chiqarish va ular faoliyatini tizimli ravishda keng targ’ib etish, turli tele, radio, internet loyihalarini tashkil etish, milliy ashula va musiqa merosi, zamonaviy milliy estrada va jahon san’ati durdonalari asosida yoshlarda yuksak badiiy didni shakllantirish maqsadida «Yoshlar ijod saroyi»da tadbir bo’lib o’tdi.

2014 yilning 10 noyabrida bo’lib o’tgan bu tadbirni «Yoshlar madaniyat va san’at markazi» ochilishi desak to’g'riroq bo’lar edi. Mana shu ochilish marosimi davomida mazkur tashkilot o’z loyihalarini taqdimotini ham o’tkazdi. Ochilish marosimi davomida markazning loyihalaridan biri bo’lgan «E’tirof-2014″ tanlovining taqdirlash maroasimi haqida axborot berildi. Shuningdek, markaz tomonidan ilk bora tashkil etiladigan loyihalar — «Yil qo’shig’i», «Kuyla, yoshligim», «Ovoz» teleloyihalari, «Sen iste’dodlisan», «Bolalik olami» ko’rik-tanlov va festivallari haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar yetkazildi.
Tadbir nafaqat ma’lumot berish bilan o’tdi, balki o’zbek estradasining Shahzoda, Rayhon, Lola, «Bojalar» guruhi, Munisa Rizaeva, Sevara Nazarxon kabi ko’plab yulduzlari ishtirokida konsert dasturi ham tashrif buyurganlarga qo’yib berildi.

Quyida siz azizlar uchun tadbir davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 511 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *