Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yoshlar madaniyat va san’at markazi tashkil etildi!
25 Okt, 2014

Yoshlar madaniyat va san’at markazi tashkil etildi!

Yoshlar markaziYosh avlodni g’oyalarini, takliflarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar madaniyat va san’at markazi tashkil etildi. Ushbu markaz tomonidan endilikda «E’tirof-2014″ kabi yuqori saviyali tadbir va loyihalar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Bugun ushbu markaz haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Yoshlar madaniyat va san’at markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 14 avgustdagi «Yoshlar madaniyat va san’at markazi» faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g'risidagi 232-son qaroriga asosan davlat unitar korxonasi shaklida yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan.

Markazning maqsadi va vazifalari

Quyidagilar Markazning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi:

yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va fidoiylik ruhida tarbiyalash, yurt ravnaqida dahldorlik tuyg’usini mustahkamlash, ularning keng qamrovli bunyodkorlik va yaratuvchanlik jarayonidagi ishtirokini kengaytirishda madaniyat va san’atning rolini oshirish;
yosh ijodkorlarning, ayniqsa chekka qishloq va mahallalardagi iqtidorli yoshlarning noyob iste’dodini ro’yobga chiqarish va ular faoliyatini tizimli ravishda keng targ’ib etish maqsadida turli tele, radio, internet loyihalarini tashkil etish va o’tkazish;
milliy ashula va musiqa merosi, zamonaviy milliy estrada va jahon san’ati durdonalari asosida yoshlarda yuksak badiiy didni shakllantirish;
umidli ijodkor va iqtidorli yoshlarni izlab topish, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish;
o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at borasida yoshlarning intilishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida konsert, festival, ko’rik-tanlov va turli madaniy shou-tomosha tadbirlarini o’tkazish;
jahon xalqlari milliy musiqa va qo’shiqchilik san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qilish;
madaniyat va san’at sohasida o’tkazilayotgan tanlov, festival va turli loyihalarning g’oliblari va yorqin ishtirokchilarining keyingi faoliyatini samarali tashkil etish hamda ular uchun ijodiy maydon yaratish;
ilmiy-ijodiy simpozium va konferensiyalar hamda mahorat saboqlarini tashkil etish va o’tkazish.

Markazning loyihalari haqida

«E’tirof-2014″ taqdirlash marosimida.

2014 yil 22 dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida markaz tomonidan va Madniyat va sport ishlari vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida madaniyat, san’at, sport, televidenie, radio kabi sohalar bo’yicha «E’tirof-2014″ taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.
O’tgan yili «E’tirof-2013″ mukofotiga 23 nafar turli sohalar vakillari munosib deb topilgan bo’lsa, bu yil «E’tirof-2014″ mukofoti bilan 28 nafar keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgan ijodkorlar, o’z sohasida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va umidli yoshlar taqdirlanishi ko’zda tutilmoqda.
Turli vazirlik, idora, tashkilot va ijodiy jamoalar qoshida tuzilgan Kengashlarning tavsiyasiga ko’ra, har bir nominatsiya bo’yicha 5 nafar nomzodlarning tegishli hujjatlari ekspertlar kengashiga taqdim etiladi.
Ekspertlar kengashi tomonidan o’rganib chiqilgan so’ng, ovoz berish natijalariga ko’ra sovrindorlar aniqlanadi.
Markaz O’zbekistonda ilk bor yoshlarbop unutilmas konsert loyihalarini tayyorlamoqda va ulardan barchamiz yaqin kunlarda bahramand bo’lamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 228 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *