Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Dek, 2012

«Yoshlar» guruhining rasmiy sayti ishga tushdi!!!

Bugundan e'tiboran «Yoshlar» guruhi ham o'z rasmiy saytiga ega. So'nggi yillarda internet olami barcha yulduzlarni o'ziga tortib olmoqda. Bugungi kunga kelib butun dunyodagi barcha yulduzlarning 85-90%i har kuni internetga hech bo'lmasa bir bora tashrif buyurishi ham hech kimga sir emas. Endilikda siz «Yoshlar» guruhini ham internet olamida ko'p bora uchratishingiz mumkin bo'ladi. Aynan rasmiy saytlari orqali ular bilan bog'lanish imkoniyatiga ham egasiz.

«COOL» — dizayn studiyasi tomonidan tashkil etilgan www.via-yoshlar.uz internet saytida endilikda «Yoshlar» guruhi haqida ko'plab ma'lumotlar berib boriladi. Guruhning ijodidan bo'lgan qo'shiqlar va kliplar ham mazkur sayt sahifalaridan o'rin olgan. Saytdan guruh a'zolarining fotosuratlari, ular haqida ma'lumotlarni topishingiz mumkin. «Fan-klub» bo'limi orqali esa guruh a'zolariga o'zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan murojaat etsangiz ham bo'ladi. Marhamat, «Yoshlar» guruhining rasmiy saytiga tashrif buyuring va unga baho bering!

«Yoshlar» guruhining rasmiy saytiga tashrif buyurish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 180 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *