Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yoshlar» guruhi yakkaxoni Dilmurod farzandli bo’ldi!
28 Mart, 2013

«Yoshlar» guruhi yakkaxoni Dilmurod farzandli bo’ldi!

YoshlarBugun «Yoshlar» guruhi xonandasi Dilmurod Qurbonov xonadonida katta bayram. Sababi bugun, hozirgina Dilmurod Qurbonov o’g'il farzandlik bo’ldi. Biz ayni quvonchli daqiqalarda Dilmurod Qurbonovgatasodifan qong’iroq qilib qolgan edik. Buni qarangki, xonandaning quvonchiga sherik bo’ldik.

«Yoshlar» guruhi yakkaxoni Dilmurod Qurbonov 2 qizdan so’ng, o’g'il farzandlik bo’ldi. Qizlarining biri Maftuna 12 yoshda bo’lsa, yana biri 8 yoshli Durdona. Yaqindagina dunyoga kelgan o’g'il farzandga endi ism qo’yiladi. Biz ham SB.uz portali ijodiy jamoasi va xonandaning muxlislari nomidan Dilmurod Qurbonovni chin dildan muborakbod etib qolamiz. Farzand yana bir bor muborak bo’lsin.
Ana endi shaxsiy hayot yangiliklaridan, ijodiy yangiliklarga ham o’tsak bo’ladi. Ayni kunlarda «Yoshlar» guruhi vakillari Ibrohim Jiyanov so’zi, Jamshid Gaffarov musiqasi bilan kuylangan yangi «Malikam» taronasi uchun klip suratga tushirish taraddudida yurishibdi. Klipni Muzaffar Erkinov suratga tushirishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu klipda suratga tushish istagida bo’lgan qizlar uchun kasting e’lon qilinadi. Murojaat uchun: (+99893) 5310606.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 201 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *