Yosh xonanda Shuhrat Musaev haqida…
1985-yil 24-fevral sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan yosh xonanda Shuhrat Musaev haqida yana qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz. Shuhrat Musaev 2003-yil maktabni tamomlab, Moskva tomon yo’l oladi. Shuhrat Moskva shahrida joylashgan yirik go’zallik salonlari tarmog’ida stilist bo’lib faoliyat yuritadi.
Stilistlik sohasida yetarlicha malaka oshirib Biznes-VIP darajasida o’z ishining ustasiga aylanadi. Hozirgi kunda Shuhrat Musaev taniqli aktyorlar, xonandalar va teleboshlovchilarga hizmat ko’rsatadi. U o’zining professional kasbiga ega bo’lgan bo’lsada, san’atga bo’lgan qiziqishini bir chetga surib qo’ya olmadi. Shuhrat bolaligidan buyon musiqa bilan shug’ullanib keladi. Gitara chaladi va o’zi yozgan qo’shiqlarni ijro etadi. Moskva shahrida joylashgan mashhur tungi klublarda tez-tez o’z qo’shiqlari bilan chiqish ham qilib turadi. Shuningdek, ko’plab xalqaro festivallar laureati ham bo’lgan.
2013-yil sentyabr oyida Rossiyada Shuhrat Musaev o’zining ilk albomini chiqaradi. Albom «Seni sevaman» deb nom oldi.
Shuhrat Musaev ijrosidagi «Касайся и прощай» nomli taronasi ayni kunlarda Rossiya, Gruziya, Qozog’iston va AQSH radiokanallari orqali jarang sochmoqda.
Bugun Shuhrat Musaev tavallud topgan kun. U bugun 29 yoshni qarshiladi. Biz unga bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari bilan to’xtab qolmasdan, yana yo’lida davom etishiga tilakdosh bo’lib qolamiz. Omad seni tark etmasin! Baxt va sog’lik tilab qolamiz!!!