Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yosh xonanda Shahzod Murodovning «Alam»i chiqdi!!!
7 Mart, 2015

Yosh xonanda Shahzod Murodovning «Alam»i chiqdi!!!

Shahzod MurodovBugun biz portalimiz orqali siz azizlarga estrada olamida endigina tetapoya qilib, ilk qadamlarini qo’yayotgan Shahzod Murodovni tanishtirmoqdamiz. 1993 yil 30 oktyabr sanasida dunyoga kelgan Shahzod Murodov ayni kunlarda o’zining navbatdagi taronasini keng ommaga taqdim etmoqda.

Shahzod haqida qisqacha ma’lumot berib o’tar ekanmiz, u hozirda O’zbekiston Milliy Konservatoriyasining «Rubobchilik» fakultetida 4-bosqichda tahsil olishini aytib o’tishimiz mumkin. Yosh xonanda Samarqand shahrida bo’lib o’tgan festivallarning birida g’olib chiqib, grand asosida o’qishga qabul qilingan.
Bugun biz sizlarga taqdim etayotgan yangi taronamiz Shahzod Murodov tomonidan ijro etilgan hisob bo’yicha ikkinchi tarona hisoblanadi. Uning birinchi taronasi «O’shasan» deb nom olgan bo’lsa, quyida siz azizlarga taqdim etayotgan taronamiz «Alam» deb nomlanadi. «Alam» taronasining matn muallifi Nodir Azimov, musiqa muallifi esa Iqbol Muhammad hisoblanadi. Qo’shiqning musiqiy sayqali Jasur Badalboev tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur taronaga ham Shahzod Murodov klip suratga tushirishni qaror qilgan bo’lib, tez orada uning suratga olish ishlari ham boshlanishi ma’lum qilindi.

Shahzod Murodov - Alam (69)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 471 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *