Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Iyul, 2009

Yosh xonanda Jasurxon bilan eksklyuziv ochiq intervyu!

JasurxonHozirda estradamizda Jasurxon nomi ostida ijod qilayotgan Jasur G’oipov ko’pchilikning nazariga tushib bormoqda. Jasur G’oipov Davron G’oipovning qarindoshimi yoki shunchaki familiyadosh? Nima sababdan Jasurxonning «Qaytma» taronasiga ishlangan klip TV kanallari orqali emas, balki aeroport, vokzal va boshqa monitorlar orqali namoyish qilinmoqda? Bunga sabab nima? Shu va boshqa savollar bilan Jasurxonga murojaat qildik…

SB.uz: Hozirgi kunda Jasurxonni «Qaytma» taronasiga ishlangan klipni TV kanallari orqali emas, balki aeroport va temiryo’l vokzallarida o’rnatilgan monitorlar orqali ko’rayotgan bo’lishingiz mumkin.  Shunday ekan, o’zingiz bu haqida nima deysiz?
Jasurxon: Men bu qo’shiqni aylantirish niyatim yo’q edi. Sababi klipni syujeti man o’ylagandek chiqmadi, lekin muhlislarimga yoqqan bo’lsa bas!
Hozirgi kunda albom chiqarish niyatidaman. Chunki qo’shiqlarimni hali ko’pchilik muxlislarim tinglashmagan!
SB.uz: Jasurxon, siz yoshligingizdan kuylaysiz, lekin unchalik tanilmagansiz?
Jasurxon: Chunki Ota-onam avvaliga qarshi chiqishdi! Meni ijod qilib, tanilish uchun imkoniyatlarim juda ko’p edi. Yulduz bo’lishni o’zim ham xohlardim. Shuning uchun uyimda qo’shiqlar kuylardim. Hatto qo’shnilarimiz uyimizga chiqib, qo’shiqlarimni tinglab mazza qilib tinglashardi (kuladi). Kimlardir sahnaga chiqqanida juda qattiq hayajonlanadi. Balki yoshligimdan kuylaganim uchun, hozir sahnada o’zimni anchayin erkin tutaman.
SB.uz: Nima sababdan tog’angiz Davron G’oipovni jiyani ekanligingizni xalqdan sir tutasiz?
Jasurxon:
Xalqimiz o’zi vaqti kelib bilib olaveradi. Buni reklama sifatida ishlatish kerak emas (ba’zi bir xonandalarga o’xshab)!
SB.uz: Sizni Yurmalaga  taklif qilishgan ekan. Nima sababdan borishni xohlamadingiz?
Jasurxon:
Yurmalaga borgandan keyin, albatta har bir san’atkor birinchi o’rinni egallashni orzu qilgan holda boradi. Shunday ekan, raqiblar u yerda  judayam ko’p. Tasavvur qiling, men u yerda birinchi o’rinni egalladim, xalqimiz esa, Jasurxon pul bilan birinchilikni sotib oldi,-deb o’ylamaydimi? Chunki men endigina xalqimizga san’atimni ko’rsatishni boshladim…
SB.uz: Muxlislaringiz siz bilan qanday bog’lanishlari mumkin?
Jasurxon: jasurxan.com@mail.ru elektron manzilimga xat yozishlari mumkin. Barcha muxlislarimning nomalariga iloji boricha javob qaytarishga harakat qilaman!
SB.uz: Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
Jasurxon:
Rejalarim ko’p, lekin birinchi o’rinda o’qishimni tamomlashim kerak (P.S.: Ayni damda Jasurxon G’oipov Toshkent Davlat Yuridik institutining talabasi hisoblanadi). Chunki har bir inson oliy ma’lumotli b’olishi kerak. Xalqning nazarida bo’lgan inson har doim e’tiborda bo’ladi,-shunday emasmi? Qo’shiq kuylash-bu mening hobbim. Shunday ekan hammasini shoshmasdan ulgurishga harakat qilaman, lekin bu deganim shou-biznesni tark etaman degani emas! San’atni ham davom ettiraveramiz.
SB.uz: Muxlislaringizga tilaklaringiz…
Jasurxon: Hozirgi kunda o’qishga qiziqishimiz kamayib bormoqda. Lekin bu yaxshi emas. Yurtboshimiz ham aytganlaridek, «Kelajagimiz yoshlar qo’lida». Shunday ekan, har birimiz o’z tanlagan sohamizning yetuk mutahassisi bo’lib yetishaylik! Men sizlarni sevaman, sevgi bilan yaralganmiz ahir! SB.uz portaliga ham omad har doim yor bo’lsin. Sizlar birinchilardansiz va har doim shunday bo’lib qolinglar!

Jasurxon

P.S.: Eslatib o’tamiz, SB.uz portali manbalaridan foydalanilganda, portal nomi yozma ravishda ko’rsatilishi shart!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *