Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Avg, 2006

Yoqutjon Rajabov xotira haqida kuylaydi

Yoqutjon RajabovBir qator qo’shiqlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan xonanda Yoqutjon Rajabovni siz TV va FM to’lqinlari orqali yangrayotgan «Taqdir», «Durdona» kabi bir qator diltortar taronalari orqali yaxshi tanisangiz kerak.Xonanda «Dilbarijon» taronasini muxlislar hukmiga taqtim etganiga hech qancha bo’lmay muxlislar tomonidan ko’plab maqtov qo’ng’iroqlarini qabul qildi. Bundan to’lqillangan xonanda tez kunlarda aynan shu taronaga klip suratga olishni rejalashtirgan. Qo’shiqning matni Ibrohim Jiyanovniki, musiqasi Shamsiddin Xolmurodovga tegishli. Hozirda Yoqutjon Rajabov Akrom Ubaydullaev musiqasi, Mahmud Toir she’ri bilan yaratilayotgan qo’shiq ustida izlanmoqda. Undan tashqari FM to’lqinlari orqali yangrayotgan «Xotira» taronasiga klip suratga olishni boshlab yubordi. Muqumiy nomidagi teatrda ijod qilgan rejissor Rustam Ma’dievning Shohruh ismli farzandi bevaqt bu dunyoni tark etganligiga bag’ishlab, uning qisqa hayot yo’li aks ettirilgan klip suratga oldirgan. Xotira muqaddas, men bu yosh bolani san’at yo’lida ushalmagan orzular haqida ushbu «Xotira» deb nomlangan qo’shig’imda kuylaganman,Bir qator qo’shiqlari bilan muxlislar etiborini qozonaolgan umidli xonanda Yoqubjon Rajabovni siz TV va FM to’lqinlari orqali yangrayotgan «Taqdir», «Durdona» kabi bir qator diltortar taronalari orqali yaxshi tanisangiz kerak.  — deydi xonanda. Tez kunlarda klipning qay darajada ishlanganligi haqida o`zingiz guvohi bo`lasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *