Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yoqubbekdan yangi tarona «Kapalaklar»!!!
18 Sen, 2014

Yoqubbekdan yangi tarona «Kapalaklar»!!!

Yoqubbek QudratovBugun umidli xonanda Yoqubbek Qudratovdan yangi tarona prem’erasini qarshi olishingiz mumkin. «Kapalaklar» — Yoqubbek Qudratovning yangi taronasi aynan shunday nomlanadi. Mazkur qo’shiq prem’erasi esa bugun FM to’lqinlari orqali bo’lib o’tadi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, Yoqubbek Qudratov ijrosidagi «Kapalaklar» nomli yangi tarona prem’erasi bugun, ya’ni 18-sentyabr kuni soat 18:20da «O’zbegim taronasi» radiosida va 19:30da «Navro’z» radiosida bo’lib o’tadi. Ana endi esa qo’shiq mualliflariga ham to’xtalib o’tsak. Yangi tarona musiqa muallifi Ravshan Hakimov, aranjirovka muallifi Ahmad Xojimatov, so’zlari esa Muhammad Yusuf ijodidan. Prem’erani o’tkazib yubormang!!!

Darvoqe, bugun shuningdek Yoqubbek Qudratovning tavallud topgan kuni hamdir. Mana shu munosabat bilan Yoqubbekni chin dildan tavallud ayyomi bilan muborakbod etib qolamiz. Ulkan zafarlar va ijodiy parvozlar tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 159 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *