Yoqubbek «Yolg’onchilar»ga duch keldi…
Yosh xonanda Yoqubbek Qudratov haqida biz avval ham ma’lumotlar yetkazgan edik. Yodingizda bo’lsa, ushbu xonandaning «Dil zori» nomli qo’shig’iga ishlangan klip prem’erasi ham aynan bizning portalimiz orqali taqdim etilgan edi. «Dil zori»dan so’ng, Yoqubbek «Yolg’onchilar»ga duch keldi.
Hayron bo’lgandirsiz, u qanday yolg’onchilarga duch kelibdi, deb. Yoqubbekning yangi qo’shig’i aynan shunday «Yolg’onchilar» deb nomlanadi. Mazkur yangi qo’shiq ham xonandaning doimi hamkori bastakor Ahmad Hojimatov bilan hamkorlikda yozildi. Qo’shiq uchun Muhammad Yusuf she’ridan foydalanildi.
Yoqubbek Qudratov hozirda «Bilmading» nomli taronasiga ham klip suratga tushirish haqida rejalashtirib yuribdi. Navbatdagi klipni ham «Dil zori» qo’shig’iga rejissorlik qilgan Muhammad Ali Iskandarov suratga tushirsa ajab emas.