Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yoqubbek Qudratov endi «Hur qiz» deya kuylaydi!
30 Mart, 2014

Yoqubbek Qudratov endi «Hur qiz» deya kuylaydi!

Yoqubbek QudratovYoqubbek Qudratov ijrosidagi taronalar xalq ko’nglidan joy olib kelayotgani sir emas. Uning yangi qo’shiqlariga talabgorlar ham kun sayin ortib bormoqda. Tez kunlarda Yoqubbekdan yana bir yangi taronani qarshi olishingiz mumkin. Ushbu yangi tarona ham avvalgisi singari Muhammad Yusuf so’zi bilan kuylangan.

Yodingizda bo’lsa, Yoqubbek «Yolg’onchilar» nomli taronasida ham Muhammad Yusuf ijodiga murojaat qilgan edi. Mazkur tarona yuqori baholarga sazovor bo’lganligi sababli, xonanda yana bir taronani aynan Muhammad Yusuf yozgan she’rlaridan foydalangan holda kuylashga qaror qilgan. «Hur qiz» deb nomlangan mazkur taronaning musiqiy sayqali esa Ahmad Xojimatov tomonidan amalga oshirilgan. Yangi qo’shiqni 2-aprel kuni soat 17:20da «O’zbegim taronasi» radiosi orqali hamda, aynan shu kuni «Navro’z» radiosi orqali ham birinchilar qatorida tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Prem’erani o’tkazib yubormang! Qo’shiq prem’erasidan so’ng portalimiz orqali «Hur qiz» taronasini mp3 formatda ko’chirib olish imkoniyatiga ham ega bo’lasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 231 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *